Kirish Ro'yxatdan o'tish

Infantino: "Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati eng zo‘ri bo‘ladi"

Infantino: "Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati eng zo‘ri bo‘ladi"

Baho:
+1 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida mamlakatimiz mezbonlik qiladigan Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati ishtirokchilariga omad tiladi va bu Mundial eng zo‘ri bo‘lishiga ishonch bildirdi.

"O‘zbekistonda o‘tadigan FIFA Futzal Jahon chempionati boshlanishiga atigi to‘rt kun qoldi. Ushbu buyuk mamlakat ilk bor Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan FIFA musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.

Futzal bo‘yicha avvalgi Jahon chempionati ko‘plab esda qolarli o‘yinlar hamda voqealarga boy bo‘ldi.

Ishonchim komilki, yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati eng zo‘ri bo‘ladi. Ishtirokchi 24 jamoaga esa eng yaxshi tilaklarimni bildiraman va barchangiz bilan tez orada ko‘rishishni orziqib kutmoqdaman!", – dedi Infantino. 

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:01, 10.09.2024.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.