«Yuventus» hujumchi Dushan Vlaxovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi va Turin klubi maoshini yiliga 12 million yevrodan 9-10 gacha pasaytirish bilan uni 1-2 yilga uzaytirmoqchi.
Vlaxovich «Yuventus»ga 2022 yilning yanvarida «Fiorentina»dan 83,5 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u 3 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi.