Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Superliga. "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi prevyusi

Superliga. "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi prevyusi

Baho:
+1 | -

"Navbahor" O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur jamoalar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 55 marta ro‘baro‘ kelishgan.

Ushbu o‘yinlarning 24 tasida “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 14 ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan, 17 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 83-69, “Nasaf” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” 89 ochkoni, “Navbahor” esa 59 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 6:0 hisobi Namangan va Qarshida qayd etilgan.

“Navbahor” hamda “Nasaf” jamoalari bungacha Namanganda 27 marta kuch sinashgan. Mazkur bahslarning 9 tasida namanganliklar zafar quchishgan bo‘lsa, 13 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 5 ta o‘yinda esa qarshiliklar g‘alaba qozonishgan.

Namanganda o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “lochinlar” “Nasaf” darvozasini 43 marta ishg‘ol etishgan bo‘lsa, “ajdarlar” “Navbahor” darvozasiga 26 ta to‘p kiritishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvi 14 sentyabr kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohida soat 19:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 07:28, 12.09.2024.
O'qildi: 6629 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик