Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Superliga. "Dinamo" "Navbahor" o‘yini sanasi o‘zgardi

Superliga. "Dinamo" "Navbahor" o‘yini sanasi o‘zgardi

Baho:
+ | -

"Dinamo" "Navbahor" taklifiga rozilik berdi va uchrashuv sanasi o‘zgardi.

Avvalroq "Dinamo" O‘zbekiston kubogi finalida o‘ynay olmasligi aniq bo‘lgan "Paxtakor" klubining xalqaro maydondagi ishtirokidan kelib chiqib, Superliga o‘yinini ko‘chirish yuzasidan bergan taklifiga rozi bo‘lgandi. Endilikda Vadim Abramov boshchilik qilayotgan jamoa kubok finaliga yo‘l olgan "Navbahor" bilan kelishuvga erishdi.

5 oktyabr kungi final oldidan "Navbahor" Superliganing 14-turidan qolib kelayotgan "Dinamo"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazish uchun 30 sentyabr kuni Samarqandga tashrif buyurishi kerak edi. Finalning ikkinchi ishtirokchisi bo‘lgan "Andijon" esa 25 sentyabr kuni o‘z maydonida "Neftchi" klubini qabul qiladi.

Liga taqvim shakllantirayotganda kubok finaliga kim yo‘llanma olishi aniq bo‘lmagan. Bunda "Surxon" va "Andijon" klublarining hamda "Navbahor" va "Paxtakor" klublarining finalga qadar bo‘lgan yo‘lida o‘xshashlik mavjud edi (30 sentyabrda "Paxtakor" Elit Chempionlar ligasida, "Navbahor" Superliga qoldirilgan o‘yinida ishtirok etishi belgilangandi).

Final ishtirokchilari aniq bo‘lgach, "Navbahor" "Dinamo" bilan bellashuv sanasini ikkinchi bor qayta o‘zgartirishni so‘radi (avvalroq klub kubok chorak finalidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" bilan o‘yin oldidan Dinamo‘ga qarshi to‘qnashuv sanasini ko‘chirishni so‘ragandi).

Taqvimdagi zichlikdan kelib chiqib, Liga mazkur so‘rovni qabul qilmadi. Bellashuvni ko‘chirish imkoniyati u faqatgina FIFA kunlaridan birida o‘tsagina mavjud edi. Natijada "Dinamo" va "Navbahor" oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘ynashga kelishib oldi. Endilikda Samarqanddagi o‘yin 12-oktyabr shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Terma jamoaga a’zo futbolchilarning Superliga 14-turidan qolib kelayotgan uchrashuvda ishtirok eta olmasligi har ikki klub tomonidan qabul qilindi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 22:10, 13.09.2024.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.