Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes - Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako - Barselona
19/09 23:59 Atalanta - Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest - Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

«Buxoro» ishtirokidagi o‘yinlar Buxoroga qaytish arafasida

«Buxoro» ishtirokidagi o‘yinlar Buxoroga qaytish arafasida

Baho:
+ | -

10-sentyabr kuni Liga mutaxassislari Buxoroga tashrif buyurdi hamda Buxoro viloyati futbol akademiyasi qoshida bunyod etilgan stadionda davom etayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Shu kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bevosita stadionga kelib, Liga rahbariyati bilan uchrashdi. Stadion bilan bog‘liq muammo sabab «Buxoro» katta futboldan chetda qolib kelayotgandi. Shundan kelib chiqib, viloyat hokimligi hamda Sport vazirligi hamkorlikda yangi stadiondagi ta’mirlash ishlariga zo‘r berdi. Yana bir necha kundan so‘ng mazkur arenada katta futbol uchrashuvini tashkil etish imkoniyati bo‘ladi.

Liga e’tibor qaratilishi va o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z xulosasini taqdim etdi. Quruvchilar hamda viloyat futbol assosiasiyasi rahbariyati bir hafta ichida masala hal etilishi yuzasidan kafolat berdi. Bu esa stadionda Proliga uchrashuvlarini o‘tkazish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.

Arenani Superliga uchrashuvlariga tayyorlash uchun esa biroz vaqt kerak. Stadionlarga qo‘yilayotgan talab dekabr oyining birinchi yarmiga qadar amalga oshirilsa, «Buxoro» 2025 yilgi mavsumni ham mazkur arenada o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Buning uchun projektorlar o‘rnatilishi, maysa parvarishi uchun zarur texnika xarid qilinishi, stadionni yil davomida kerakli ozuqa va vitaminlar bilan ta’minlash, uning parvarishi uchun javobgar bo‘lgan personal uchun sarf-harajatlar smetasi kerakli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanishi kerak. Mazkur masala yuzasidan Liga hamda viloyat hokimligi rahbariyati kelishib oldi.

Stadion 10 ming ishqibozni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Ayni vaqtda uning texnik zonasini qurish va pardozlash ishlari davom etmoqda. Barcha masala kelishuv asosida amalga oshirilsa, bir necha oy ichida Buxoroda Superliga uchrashuvlarini qabul qila oladigan darajadagi stadion tayyor bo‘ladi. Havoning salqinlashayotgani va ayni vaqtga qadar amalga oshirilgan ishlar esa «Buxoro» klubiga mazkur arenada Proliga uchrashuvlarini o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi.

Bir necha kundan so‘ng Liga mutaxassislari Buxoroga qayta boradi va stadionning mavsumga tayyorligi masalasida qo‘shimcha axborot taqdim etadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:52, 13.09.2024.
O'qildi: 1243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.