Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Endrik "Real Madrid"ning Chempionlar ligasidagi eng yosh to‘purariga aylandi

Endrik "Real Madrid"ning Chempionlar ligasidagi eng yosh to‘purariga aylandi

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Endrik Chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvida gol urdi. Yosh braziliyalik “Shtutgart”ga (3:1) qarshi o‘yinning 80-daqiqasida Jud Bellingem o‘rniga maydonga tushdi va qo‘shib berilgan vaqtda darvozani ishg‘ol qilib, yakuniy natijani tabloga yozdirib qo‘ydi.

Opta xabariga ko‘ra, Endrik 18 yoshu 58 kun ichida "Real Madrid" safida Chempionlar ligasida gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi. Forvard 1995 yilda 18 yoshu 113 kunligida gol urgan afsonaviy Raul Gonsalesning rekordini yangiladi.

Endrik o‘tgan yozda Braziliyaning "Palmeyras" jamoasidan "Real"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 03:53, 18.09.2024.
O'qildi: 2427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик