Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos joriy mavsumda jamoani tark etishi mumkin.
28 yoshli futbolchi "Los-Blankos"ning asosiy jamoasiga tusha olmaydi, shu bois uning kelajagi shubha ostida qolmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchiga "Milan" va "Betis" qiziqish bildirmoqda - ikkala klub ham qishki transfer oynasida yarim himoyachini qo‘lga kiritishga harakat qilishga tayyor.
Yoz oxirida Dani Sebalyos "Monako"ga o‘tishi mumkin: Liga 1 klubi futbolchini ijaraga berish taklifi bilan chiqdi, ammo "Real" rad javobini berdi.