Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Magalyansni saqlab qolmoqchi va unga yangi shartnoma taklif qiladi

"Arsenal" Magalyansni saqlab qolmoqchi va unga yangi shartnoma taklif qiladi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" jamoasi asosiy o‘yinchilarni o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi. Ulardan biri markaziy himoyachi Gabriel Magalyans bo‘lib, u Mikel Arteta jamoasida 2020 yildan beri o‘ynamoqda.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, "kanonirlar" Magalyansga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. 26 yoshli markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

"Arsenal"ning so‘nggi o‘yinida Magalyans "Tottenxem"ga qarshi safar derbisida gol urdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi. "Kanonirlar" mavsum boshida mumkin bo‘lgan 12 ochkodan 10 ochko to‘plashdi.

Kiritildi: 16:54, 18.09.2024.
O'qildi: 613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик