FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan 1 pog‘ona yuqorilab, 60-o‘rindan joy oldi.
Terma jamoa sentyabr oyida ikkita uchrashuv o‘tkazib, raqiblarni minimal hisobda yenggan edi. Bu o‘z navbatida reytingda ko‘tarilishga sabab bo‘ldi.