Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Shaxmat, Budapesht-2024. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiya ustidan o‘ta qiyin g‘alabaga erishdi

Shaxmat, Budapesht-2024. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiya ustidan o‘ta qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Budapeshtdagi shaxmat olimpiadasida 8-tur o‘yinlari o‘tkazildi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyaga qarshi o‘yinda, kutilmaganda, juda va juda qiyin o‘yinlarni o‘tkazdi.

Serblar barcha taxtalarda ochiqchasiga durang uchun o‘ynashdi. Ular Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindarov va Shamsiddin Vohidovga qarshi bahslarda durangga erishishdi.

Nodirbek Abdusattorov esa qoralarda o‘ynaganiga qaramay, raqib uchun kutilmagan debyut yo‘nalishini tanladi. Buning oqibatida Aleksandr Predke yurishlar uchun ko‘p vaqt sarflay boshladi. 15-yurishga kelib raqib hisobida bor-yo‘g‘i 14 daqiqa vaqt qolgandi. Shuning oqibatida bo‘lsa kerak, u aynan 15-yurishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada ustunlik o‘zbek shaxmatchisi tomoniga o‘tdi. Predke 35-yurishda yana bir xatoga yo‘l qo‘ygach, Abdusattorovning ustunligi yana oshdi. Bu ustunlik 43-yurishgacha oshib bordi va g‘alaba yaqin edi. Ammo hamyurtimiz 44, 45 va 46-yurishlarda noaniqlikka yo‘l qo‘yishi oqibatida vaziyat tenglashib qoldi.

Shundan so‘ng o‘zbekistonlik grossmeyster barchasini boshqatdan boshlashiga to‘g‘ri keldi. Bu paytda shaxmat doskasida figuralar kam qolgandi. Tomonlar ruhli endshpilga o‘tishdi va Abdusattorov bitta piyoda ustunligiga ega edi. Ammo buni g‘alabaga aylantirish oson emasdi. Buning uchun Predkedan qo‘pol xato talab etilardi. Aleksandr kuchli seytnotga kirib qolishi ortidan 65-yurishda o‘sha xatoni qildi. Nodirbek esa o‘sha zahoti bu xatodan unumli foydalandi. 70-yurishda serbiyalik shaxmatchi taslim bo‘ldi.

Yakuniy hisob — 2,5 - 1,5. O‘zbekiston foydasiga.

Ushbu g‘alaba tufayli erkaklar terma jamoamizning ochkolari 14 taga yetdi va jamoamiz jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ertaga ko‘p ehtimol bilan Hindistonga qarshi dona suramiz.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa bugun kuchli raqib — AQSHga 0,5 - 3,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:45, 19.09.2024.
O'qildi: 2044 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик