Leverkuzenning "Bayer" klubi hujumchisi Viktor Bonifase Chempionlar ligasidagi debyutidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha “dorichilar” safarda Rotterdamning “Feyenoord” jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etishgandi.
"Men Chempionlar ligasini tomosha qilish uchun 30 naira (Nigeriya valyutasi) to‘ladim va hozir ushbu turnirda o‘ynayapman.
Bu lahzadan juda faxrlanaman", - deya Bonifasening so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.