Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Farhod Nishonov: «Barchani futbol bayrami bilan tabriklayman»

Farhod Nishonov: «Barchani futbol bayrami bilan tabriklayman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Saralash bosqichi haqida
Oldimizda bizni juda ham ajoyib o‘yinlar kutib turibdi. Barchani futbol bayrami bilan tabriklayman. Ushbu bosqichga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik, chunki maqsadimiz aniq. Oldimizga har bir o‘yinda g‘alaba qozonib, o‘z o‘yin uslubimizni yo‘lga qo‘yish, futbolchilarimizning mahorat va tajribasini oshirish, eng asosiysi, yurtimizning obro‘sini yanada mustahkamlash vazifasini qo‘yganmiz.

Tayyorgarlik haqida
Aytganimdek, yetarlicha tayyorgarlik ko‘rdik. Bu borada O‘FA bizni qo‘llab-quvvatladi. Barchasi reja bo‘yicha davom etmoqda, saralash bosqichida kerakli natijani qo‘lga kiritishimizga ishonamiz.

Tarkib haqida
Futbolchilarga kelsak, tarkibimizda tajribali futbolchilar bilan bir qatorda, hali o‘zini ko‘rsatmagan, biroq iqtidorli futbolchilar yetarli. O‘ylashimcha, bu kabi o‘yinlar ular uchun ham o‘z imkoniyatlarini namoyish etishlariga xizmat qiladi. Barcha jamoalarga omad tilayman.

Kiritildi: 12:02, 20.09.2024.
O'qildi: 957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.