Ayven Touni «Al-Ahli» safidagi ilk golini urdi.
28 yoshli angliyalik hujumchi Saudiya klubi safidagi uchinchi o‘yinida gol urdi - u «Damak»ga qarshi o‘yinda dubl va golli uzatmani amalga oshirdi (4:2).
Avgust oyi oxirida Touni 40 million funt sterling evaziga «Brentford»dan «Al-Ahli»ga o‘tgandi. Uning maoshi haftasiga 400 dan 500 ming funtgacha bo‘lishi xabar qilingandi.