Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Grigoriy Kolosovskiy: “Ko‘p kuttirgan g‘alabamizga chiroyli tarzda erishdik”

Grigoriy Kolosovskiy: “Ko‘p kuttirgan g‘alabamizga chiroyli tarzda erishdik”

Baho:
+ | -

Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Metallurg” — “Paxtakor” (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

— Albatta “Paxtakor”ga qarshi o‘yinlar oson o‘tmaydi. Birinchi bo‘lim gol o‘tkazib yubordik va bu bizga qator qiyinchiliklarni olib keldi. Ikkinchi bo‘limda faollikni oshirdik. Bilasizmi, biz bu o‘yinga murabbiylar shtabi, rahbariyat bilan juda puxta hozirlik ko‘rgandik. Ishlab chiqqan rejalarimiz ish berganidan xursandmiz. O‘yinni nazorat qilishga intildik. G‘alaba golimiz ham chiroyli, ham muhim bo‘ldi. Qiyin o‘yin, raqibdan kelib chiqsak, bu avvaldan ma’lum edi. G‘alaba bizga navbatdagi o‘yinlar oldidan qo‘shimcha ishtiyoq taqdim etsa, ajab emas.

— Bugungi o‘yinga tanlangan uslub keyingi uchrashuvlarda ham qo‘llaniladimi?

— Ish bergan uslublarni albatta amaliyotga joriy qilamiz. Biz har bir raqibning o‘yinidan kelib chiqib taktika tanlaymiz. “Olimpik”ka qarshi uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda yutqni qo‘ldan boy bergandik. Bugun esa birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsakda, taslim bo‘lmadik. Ikkinchi bo‘limda faollikni oshirdik. 4 ta qulay imkoniyatga ega bo‘ldik. Bugungi o‘yindan olgan yana bir xulosa, kim asosiy tarkibga munosib, kim zaxirada qolishi kerak, buni ham aniqlab oldik. Zaxiradan tushib ham jamoaga katta foyda keltiradigan futbolchilar bo‘ladi. Hammasini to‘g‘ri tanlash lozim. Biz esa ixtiyorimizdagi bor futbolchilardan foydalanamiz.

— Avvalgi uchrashuvda ham jamoa so‘ngi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborgandi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Kelgusida buning oldini olish uchun qanday rejalaringiz bor?

— Xatolar ustida ishlaymiz. Ishtiyoqni yanada oshirish uchun harakat qilamiz. So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborish bu – yakuniy natijaning salbiy ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Biz har doim g‘alabani hohlaymiz. Ketma-ket 4 ta o‘yinda biz g‘alabaga haqli o‘yin namoyish etgandik.

— Ivan Yosovich so‘ngi o‘yinlarda ko‘rinmayotganiga izoh bersangiz?

— Yosovich jarohatidan davolash amaliyotini olib borayapti. Uning bu yil maydonga qaytishiga ishonch yo‘q. Barchasi uning qanchalik tez tiklanishiga bog‘liq.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:46, 21.09.2024.
O'qildi: 940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.