"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik Italiya chempionatining 5-turida "Udineze" ustidan qozonilgan yirik g‘alaba haqida gapirdi. Rimliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.
"Bu jamoamiz uchun muhim natija. Ana shunday g‘alabalar tufayli o‘zimizga bo‘lgan ishonch qayta tiklanmoqda. Men yangi chempionatga moslashyapman, bu yerda himoyachilar Ispaniyanikidan kuchliroq. Dibala? Men u bilan o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Bizda ajoyib o‘zaro munosabatlar bor", - dedi ukrainalik markaziy hujumchi.