“Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland “Arsenal” himoyachisi Gabriel Magalyansning boshiga to‘pni otgani uchun intizomiy jazodan qutuladi.
Kecha Angliya “Manchester Siti” – “Arsenal” o‘yinida “shaharliklar” 98-daqiqada hisobni tenglashtirishganida, Xoland to‘pni qo‘liga olib, Gabrielning boshiga uloqtirdi.
Hakam bu epizodga e’tibor bermadi va tajovuzkorni hech qanday jazolamadi.