Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Diyora Keldiyorova: “Balog‘at yoshimda ko‘pchilik buvimga nevarangiz sportni to‘xtatsin, degan”

Diyora Keldiyorova: “Balog‘at yoshimda ko‘pchilik buvimga nevarangiz sportni to‘xtatsin, degan”

Baho:
+ | -

Fransiyaning Parij sharida bo‘lib o‘tgan Olimpiadaning dzyudo bo‘yicha bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorova sportdagi professional faoliyatini tugatmasdan davom ettirishiga buvisi sababchi bo‘lganini ma’lum qildi.

UNESCO tashkilotiga bergan intervyusida sportchi buvisining ham kurash bilan shug‘ullanganini ochiqladi.

"Sport bilan shug‘ullanishni 6 yoshimdan boshlaganman. Faoliyatim boshlanishiga buvim sababchi bo‘lgan, chunki o‘zlari yoshligida ukalari va singillari bilan milliy kurash bilan shug‘ullangan. O‘zbek mentaliteti sabab buvim sport bilan professional tarzda shug‘ullanishda davom eta olmagan. Shunday bo‘lsa-da nevaralarini sport to‘garaklariga bergan. Men, singlim sportda faoliyatimizni davom ettirganmiz", — dedi Diyora.

Bundan tashqari sportchi balog‘at yoshida sport bilan shug‘ullanishiga to‘sqinliklar bo‘lgani haqida esladi.

"Balog‘at yoshimda ko‘pchilik tanishlar “Diyora sportni yig‘ishtirsin, qiz bola qiladigan ishlarni qilsin. Tikish qilsin, ovqat qilishni o‘rgansin. Oila qilib farzandli bo‘lish kerak”,degan. Shunda buvim bizni himoya qilgan. Ularga bu oddiy ishlarni o‘rganish qiyin emasligini, hayotining salmoqli qismini arziydigan ishga sarflash kerakligini aytib bizni qo‘llagan. Mening o‘ylashimcha, ushbu fikrlash o‘zgarishi uchun ayollar boshqa ayollarni himoya qilishi kerak. O‘shanda katta kuch hosil bo‘ladi va bu kuch bilan ko‘p narsaga erishish mumkin”, — deydi Olimpiada oltin medali sohibi Diyora Keldiyorova.

Ma’lumot uchun: Diyora Keldiyorova Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada yaponiyalik Abeni mag‘lubiyatga uchratib dzyudo olamida shov-shuv ko‘targan edi.

Oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Tahoe avtomobili, 200 ming AQSH dollari va kottej bilan taqdirlandi.

Avvalroq sportchi Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangani xabar qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:34, 23.09.2024.
O'qildi: 3866 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.