"Barselona" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen La Liganing yakshanba kuni "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda (5:1) og‘ir jarohat olib, operasiya qilindi.
"Bugun tushdan keyin Mark-Andre o‘ng tizzasidagi patellar tendon jarohatidan keyin muvaffaqiyatli operasiyani o‘tkazdi. Bu operasiyani doktor Xoan Karles Monlau tomonidan Barselona kasalxonasida "Barselona" tibbiy xizmati nazorati ostida amalga oshirildi", deyiladi klub matbuot xizmati bayonotida.
Avvalroq "Barsa" faqat erkin agentlar orasidan o‘rinbosar darvozabonni sotib olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.