"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoadoshi Lamin Yamalning o‘yinidan hayratda.
"Menimcha, Lamin dunyoning eng yaxshi vingeri. Lekin asosiysi yaxshi boshlash emas, yaxshi tugatish.
U endigina 17 yoshda, u ikki-uch yil emas, balki keyingi 10-15 yil haqida o‘ylashi kerak, shunda uni uzoq martaba kutadi", — deya 36 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Football Talk.