Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Hojimirzayev milliy jamoa darajasidagi o‘yinchimi? Bunga shubham yo‘q» - Abramov yirik g‘alaba, Kojo, Xalilov va keyingi o‘yinlar haqida

«Hojimirzayev milliy jamoa darajasidagi o‘yinchimi? Bunga shubham yo‘q» - Abramov yirik g‘alaba, Kojo, Xalilov va keyingi o‘yinlar haqida

Baho:
+ | -

Superliganing 20-turi doirasidagi «Dinamo» — «Surxon» (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

— Bugungi o‘yinni ikkiga bo‘lish mumkin – qizil kartochkagacha va undan keyingi qismga. Ochig‘ini aytsam, raqib o‘yinchisi qo‘polligi uchun chetlatilganidan keyin biroz xavotirlandim ham. Sababi biz ikki marta raqibdan son jihatdan ko‘pchilikda o‘ynab, ochko yo‘qotib qo‘ygandik. «Surxon» jamoasi ochiq futbol o‘ynadi, birinchi golni urib olganimizdan so‘ng bo‘sh hududlar paydo bo‘la boshladi.

— Kojo bugun yaxshi o‘ynadi, ammo gol ura olmadi, shuningdek o‘yin davomida sariq kartochka oldi. Bu borada fikringiz qanday?
— U harakat qildi, ammo bu – futbol. Afsuski, bugun Kojodagi kartochkalar soni 4 taga yetdi va endi u «Paxtakor»ga qarshi o‘ynay olmaydi.

— Anvarjon Hojimirzayev Superligadagi 9-golini urdi. U chempionatda to‘purarlar jadvalida yetakchilar qatorida bo‘lgan mahalliy futbolchi. U milliy jamoaga munosib emasmi?
— Bu savol menga emas. Buni milliy jamoa bosh murabbiyiga berilsa, to‘g‘ri bo‘lardi. U chindanam ajoyib o‘yinlar namoyish etayapti.

— MTJ sobiq bosh murabbiyi sifatida shaxsiy fikringizni aytingchi, Hojimirzayev milliy jamoa darajasidagi futbolchimi?
— Albatta, bunga shubham yo‘q. Uning hozirgi darajasi milliy jamoa talabiga javob beradi.

— Xislat Xalilov ketma-ket chiroyli gollarni kiritmoqda. Uning o‘yini haqida fikringiz?
— Xislat Xalilov milliy jamoaga nomzod futbolchi. U o‘yinlar davomida kutilmagan zarbalarni yo‘llaydi va darvozani ishg‘ol qiladi. Bugun ham chiroyli gol kiritdi. U biroz dangasaroq yigit, hali o‘z imkoniyatini yarmini ham ishga solgani yo‘q. O‘z ustidan tinim bilmay ishlasa, yanada o‘sadi. Biz undan ko‘prog‘ini kutyapmiz.

— Kojo o‘yindan keyin xursand emasdek ko‘rindi, bu gol ura olmagani bilan bog‘liqmi?
— Hujumchi uchun gol urishga ko‘proq harakat qilish normal holat, bu faqatgina gol ura olmagani uchun emas, sariq kartochka uchun ham xafa bo‘lishi mumkin. Chunki keyingi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

— Jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida kimni tanlagan bo‘lardingiz?
— «Dinamo» jamoasini.

— Keyingi o‘yinlarda «Paxtakor» va «Navbahor»ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi...
— Bizni qiziqarli o‘yinlar kutib turibdi. 

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 07:11, 27.09.2024.
O'qildi: 1368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.