Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Sergey Lushchan: «Bunday o‘yin uchun uzr so‘rayman»

Sergey Lushchan: «Bunday o‘yin uchun uzr so‘rayman»

Baho:
+ | -

Superligada 20-tur bahslari davom ettirildi. «Navbahor» jamoasi bu tur o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qildi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Birinchi navbatda muxlislar oldida hamma uchun uzr so‘rayman. Bugun jamoamiz ikkinchi taymda ko‘rsatgan o‘yinini futbol deb bo‘lmaydi. Bugun maydonga barcha tajribali futbolchilarimizni tashladik va finalda kim maydonga tushishini ko‘rib oldik. Yoshlar borasida kimlar borligini bilamiz. Barcha tajribali futbolchilar bilan ilk bor harakat qildik. Hozir nimadir deyish qiyin. O‘rganib chiqamiz. Finaldan oldin antifutbol atamasini ishlatmoqchi emasman. Ular o‘zini finalda va asosiy tarkibda deb hisoblasa, adashadi. Hozircha tushuntira olmayman.

— Bugun «So‘g‘diyona»ni yengish uchun «Navbahor»da imkon bormidi?

— Men kohin emasman. Agar o‘z darvozangizga ikkita gol ursangiz, qanday imkon bo‘lishi mumkin? Omadsiz xolat? Balki, shundaydir. Kimnidir nimadadir ayblamoqchi emasman. Menga bu qiziq emas. Bu gollar bizni ko‘mib tashladi. Birinchi bo‘limda raqib hech narsa taklif eta olmadi. Kurash bo‘ldi, biz Jizzaxda shu ishni uddalagan edik. Kurash markazda kechdi. Birinchi gol, ikkinchi golku umuman ko‘mib tashladi. Keyin jamoa sochilib ketdi. Ivanovich kutilmaganda o‘zgaritirishni so‘radi. Bugun maydonda bo‘lgan narsalar bizning borimiz.

— Bu o‘yin bilan «Navbahor» «Andijon»ni yenga oladimi?
— Siz o‘z savolingiz bilan savolingizga javob beryapsiz. Bilmadim, nima bo‘lganini ko‘rib chiqamiz. Albatta, bu o‘yin bilan yutib bo‘lmaydi. Hozir qizishib turganim uchun aql bilan fikrlay olmayman. Siz singari, biz ham buni ko‘rib turibmiz. «Paxtakor» bilan bahsdan keyin jamoani yig‘a olmayapmiz. U uchrashuvdan so‘ng «Lokomotiv»ni zo‘rg‘a yengdik. «Navbahor» futbolchilari to‘liqligicha finalni o‘ylamoqda. Viloyat hokimi ham ular bilan uchrashdi. Oldinda 9 kun bor. Bilmadim, bunday o‘yin bilan yosh bolalar jamoasini yenga olmaymiz. Himoyadagi muammolar meni havotirga solmoqda. To‘g‘risi, tushunmadim.

— Ikkinchi taymda «Navbahor» nega ikkita hujumchi bilan o‘ynamadi?
— Siz tribunada bormidingiz? Biz ikki forvard bilan harakat qildik. Iminjonov sof hujumchi. Biz maydonda 4 ta hujumchi bilan ham harakat qilishimiz mumkin, ammo 2 ta forvard bilan 4 ta qarshi hujum o‘tkazib yubordik. Yana 3 ta gol o‘tkazishimiz ham mumkin edi. Omad keldi.

— Final o‘yinida g‘alaba kutamiz!
— Birinchi navbatda muxlislardan yordam so‘rayman. Hozir ular futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Hozir juda katta bosim ostida qoldi ular. Menimcha, ishqibozlar shunday bo‘lishi kerak. Og‘ir vaziyatda kim qanday ekanligi ko‘rinadi. Yutib turganingda, hamma zo‘r bo‘laveradi. Mana shu kunlarda jamoa bilan birga bo‘lishingizni so‘rayman.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:22, 27.09.2024.
O'qildi: 2258 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.