Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Germaniya chempionatida o‘tgan mavsumning eng yaxshilari aniqlandi

Germaniya chempionatida o‘tgan mavsumning eng yaxshilari aniqlandi

Baho:
+ | -

Xabi Alonso Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyiga atalgan sovringa ega chiqdi, Virs esa eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’tirof etildi.

Xabi Alonso Bundesliganing eng yaxshi murabbiyi sifatida “Kumush o‘rindiq” bilan taqdirlandi.

Chempionatda g‘olib bo‘lgan “Bayer” bosh murabbiyi futbolchilar assosiasiyasining (VDV) 84,1% ovozini oldi. Tashkilot Germaniyada o‘ynayotgan professional futbolchilar manfaatlarini himoya qiladi. Tanlovda Bundesliga, 2-Bundesliga, 3-liga va mintaqaviy ligalarning barcha o‘yinchilari ovoz berishda qatnashdi.

Leverkuzenliklar yarim himoyachisi Florian Virs esa Germaniya chempionati 2023—24 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisiga aylangan “kumush busa”ga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, “Bayer”dan Virs, Granit Jaka, Jonatan Ta, Aleks Grimaldo va Jeremi Frimpong mavsumning ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Chempion jamoa o‘yinchilaridan tashqari tarkibga Harri Keyn va Jamol Musiala (ikkalasi ham “Bavariya”), Seru Girassi va Valdemar Anton (ikkalasi ham sobiq “Shtutgart”), Xavi Simons (“Leypsig”) va Gregor Kobel (“Borussiya”) kiritildi.

O‘tgan mavsumda Germaniya chempionatida “Bayer” klubi hech qaysi uchrashuvda mag‘lub bo‘lmay chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rindagi  “Shtutgart” klubi bilan oradagi farq 17 ochkoni tashkil etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:13, 27.09.2024.
O'qildi: 1932 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик