"Manchester Yunayted" vingeri Amad Diallo jamoadoshi Kobbi Maynuning muvaffaqiyatiga ishonadi.
19 yoshli yarim himoyachi Erik ten Xag jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Joriy mavsumda ingliz futbolchisi "qizil iblislar"ning Premyer-ligadagi barcha beshta o‘yinida maydonga tushdi.
"Kobbi haqida gapirish allaqachon buyuk afsona haqida gapirishga o‘xshaydi. U o‘z yoshiga nisbatan juda yaxshi, ajoyib futbolchi va ajoyib inson. O‘ylaymanki, u "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylanadi", — dedi Diallo Sky Sports nashriga.