"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd jamoaga yangi kelgan Joau Palinyaning o‘yin vaqti haqida gapirdi. O‘tgan yozda "Bavariya" yarim himoyachi uchun 51 million yevro to‘lagandi, ammo joriy Bundesligada u maydonda atigi 126 daqiqa o‘tkazdi.
"Biz Palinyadan juda mamnunmiz. Bizga hali ham kerak bo‘ladi. Oldinda bizni ko‘plab uchrashuvlar kutib turibdi. U ijobiy munosabatda bo‘ladi va yaxshi mashq qiladi", - deb Froynd so‘zlarini keltiradi Abendzeitung.
29 yoshli portugaliyalikning "Bavariya" bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.