Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

La liga. «Real» Madrid debisida 95-daqiqada gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

La liga. «Real» Madrid debisida 95-daqiqada gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida «Metropolitano» stadionida «Atletiko» va «Real» jamoalari to‘qnash kelishdi.

Birinchi bo‘limda to‘p nazorati va pozision ustunlik mezbonlar tomonida bo‘ldi, ammo tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

Bahsning 64-daqiqasida Anchelotti jamoasi hisobni ochdi. Qanotdan yetkazib berilgan uzatma natijasida to‘p Militaoga kelib tushdi va Eder kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

69-daqiqada esa tribunadan Tibo Kurtuaga buyumlar uloqtirilgani uchun o‘yin taxminan 15 daqiqaga to‘xtatib qo‘yildi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 5-daqiqa o‘tib borayotganida chiroyli uzatma natijasida Anxel Korrea darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu durang natijasida "Real"ning ochkolari 18 taga, "Atletiko"niki esa 16 taga yetdi. Bu turda mag‘lub bo‘lgan "Barselona" 21 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etadi.

Ispaniya La ligasi, 8-tur
Atletiko – Real Madrid 1:1 (0:0)
Gollar: 0:1 – 64 Militao, 1:1 – 90+5 Korrea.
Atletiko – Oblak, Reynildu (Galan, 75), Ximenes, Le Norman, Molina (Koke, 46), Alvares (Rikelme, 75), Gallaxer (Korrea, 70), Lyorente, De Pol, Serlot (Lino, 56), Grizmann.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Militao, Ryudiger, Karvaxal, Bellingem, Tchuameni, Modrich (Vaskes, 86), Valverde, Vinisius Junior (Endrik, 87), Rodrigo (Fran Garsiya, 90).
Ogohlantirishlar: Modrich (40), Le Norman (63), Gallaxer (70), Alvares (75).
Chetlatish: Lyorente (90+9).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:32, 30.09.2024.
O'qildi: 5124 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.