"Monsa" yarim himoyachisi Daniel Maldini tez orada Italiya terma jamoasida o‘ynashi mumkin.
"Skuadra Adzurra" jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti 22 yoshli futbolchini Belgiya (10 oktyabr) va Isroil (14 oktyabr) bilan bo‘ladigan Millatlar ligasi o‘yinlariga taklif qilish uchun nomzodlar qatoriga qo‘shdi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Danielning otasi Paolo Maldini 1987 yildan 2002 yilgacha Italiya terma jamoasi safida 126 o‘yin o‘tkazgan.