Mikel Arteta Ronaldinyoning "PSJ" va "Barselona"dagi ta’sirini ta’rifladi.
"Biz bir yarim yil bitta jamoada o‘ynadik. O‘sha paytda, albatta, men uni afsona deb bilmasdim, lekin u juda katta iste’dodga ega edi. U Braziliyadan kelgan va ish vizasi yo‘q edi, shuning uchun u bir necha oy kutishga majbur bo‘ldi.
Ammo u tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U buni Parijda ham isbotladi, klubni o‘zgartirdi. Keyin u eng yomon damlaridan birida "Barselona"ga qo‘shildi va bu klubni o‘zgartirdi.
Uning o‘zgacha aurasi, quvvati, yuzida tabassumi bor edi - uning yonida yomon kayfiyatda bo‘lish mumkin emas edi.
Men hech qachon bunday iste’dodni ko‘rmaganman.
U bilan o‘ynash aql bovar qilmas edi", - deydi “PSJ”ning sobiq yarim himoyachisi.