Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Dzyudo: O‘zbekiston jamoasi 67 ta davlat orasida yettinchi o‘rinda

Dzyudo: O‘zbekiston jamoasi 67 ta davlat orasida yettinchi o‘rinda

Baho:
+ | -

Dushanbeda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ortda qolgan ikkinchi kungi bellashuvlari sarhisobiga ko‘ra, Yaponiya terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoada yakka peshqadamga aylanib oldi.

Kechagi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Mardon Ravshanov -73 kilogramm og‘irlikdagi saralash bahslarida barcha raqiblarini tomoshabinlar safiga kuzatib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Bronza medali uchun kechgan kurashda italiyalik Manuel Parlatini vazari bahosi evaziga mag‘lub etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mahoratli dzyudochimizning ushbu g‘alabasi evaziga O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoada 2 ta bronza medali hisobiga 67 ta davlat orasida 7-o‘rindan joy egalladi.

Bugungacha 67 ta davlat terma jamoalarining 11 tasi u yoki bu darajadagi sovringa egalik qilgan. 56 ta milliy terma jamoaga hali sovrin nasib etmagan. Shundan ko‘rinadiki, musobaqa shiddatli va o‘ta murakkab tarzda davom etmoqda.

Jahon chempionatining navbatdagi kunlarida o‘g‘il bolalar -81, -90,-100 va +100 kilogrammda, qizlar -70, -78 va +78 kilogramm vaznda hamda aralash jamoaviy bellashuvlarda g‘oliblik uchun kurash olib borishini nazarda tutsak, asosiy bahslar oldinda ekani oydinlashadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqalarning so‘nggi bahslari 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:05, 04.10.2024.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик