Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Xomyakov: «Hujumkor futbol hammaga yoqadi, lekin natija keltiradigan o‘yin muhimroq»

Xomyakov: «Hujumkor futbol hammaga yoqadi, lekin natija keltiradigan o‘yin muhimroq»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi finalida “Andijon” “Navbahor” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdan so‘ng “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Baxtliman, g‘alabadan boshim osmonga yetdi. Birinchi navbatda biz bilan hamisha birga bo‘lgan muxlislarimizga katta rahmat. Bizni boshidan oxirigacha tinmay qo‘llab-quvvatlagan ishqibozlardan cheksiz minnatdorman. Ularni ajoyib olqishlashi natijasida g‘alabaga erishdik. Shu bilan birga barcha Andijon xalqini tabriklayman. Ushbu g‘alabani uzoq kutgandik va birga nishonlayotganimizdan xursandman.

Kecha matbuot anjumanida aytib o‘tganimdek, “Navbahor” ham, “Andijon” ham bir-birini yaxshi o‘rganib chiqqan. O‘tkazib yuborgan dastlabki golimiz rejalarimizga ta’sirini o‘tkazdi. Bu golni o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi. Asosiy rejamiz 70-daqiqadan keyin boshlanishi kerak edi. Imkon qadar hisobni tenglashtirib olgach, masalani penaltilar seriyasigacha olib borishni xohlamadik va o‘yin yakunigacha yaxshi harakat qilib, g‘alabani qo‘lga kiritishni xohladik. 3 ta standart vaziyatni yaratdik. Odatda, g‘oliblar muhokama qilinmaydi. Hujumkor futbol hammaga yoqadi. Lekin ba’zida shunday bo‘ladiki, natija keltiradigan o‘yin muhimroq. Biz natija uchun harakat qildik.

G‘alaba uchun mashina va’da qilingan? Yo‘q, men bu xabarni eshitmadim. Hammasi gap-so‘zlar. Ha, biz gonorarlarga ega chiqdik. Mukofotlar, sovg‘alar berishsa kerak. Ammo oladigan gonorarimizni bilaman.

15 yildan beri O‘zbekistonda ishlab kelyapman. Bu g‘alabani butun Andijon xalqiga bag‘ishlayman.

Bugungi g‘alaba hammasini o‘zgartirib yuboradi va yaxshi natijalarimiz bo‘ladi. Superligadagi natijalarimiz hozircha yaxshi emas. G‘alabani nishonlashga bir kun vaqtimiz bor. Ikki kundan so‘ng Toshkentda yig‘ilamiz va “Surxon”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, tayyorgarlik ko‘ramiz. Shundan so‘ng ozgina dam olamiz va keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Murabbiy sifatida men doimo yaxshi bo‘lishini xohlayman. Mas’uliyatni chuqur his qilgan holda g‘alaba qozondik", — dedi Xomyakov.

Qayd etib o‘tish joiz, “Andijon” klubi o‘z tarixida birinchi marta mamlakat Kubogida zafar quchdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:06, 06.10.2024.
O'qildi: 1322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.