Yakshanba kuni "Yuventus" Italiya chempionati doirasidagi uy uchrashuvini "Kalyari"ga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
"Yuventus" futbolchilari Vlaxovichning golidan tribunaga himoyachi Gleyson Bremerning futbolkasini ko‘rsatishdi. Shu tariqa turinliklar futbolchilari yaqinda tizzasidan jiddiy jarohat olgan braziliyalikni qo‘llab-quvvatlashdi.