Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Sergey Lushan: «Yigitlarning finaldagi o‘yinidan to‘qson to‘qqiz foiz ko‘nglim to‘ldi»

Sergey Lushan: «Yigitlarning finaldagi o‘yinidan to‘qson to‘qqiz foiz ko‘nglim to‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Andijon” (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida namanganliklar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Sergey Ivanovich odatdagidek, o‘z so‘zini bellashuv borasidagi fikrlari bilan boshladi.

— Raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bunga loyiq edilar. Raqibimiz standart vaziyatlardan yaxshi foydalana olishi va qarshi hujumlarda ustunlikka ega ekanligini bilardik. Qarshi hujumlar tashkil qilishga imkoniyat bermadik, ammo standart vaziyatlarda raqib bizdan ustunlik qildi. “Andijon” futbolchilari boshi bilan yaxshiroq o‘ynash olishini isbotlashdi. O‘yin haqida ko‘p gapirish mumkin, ammo barchasi tarixga aylanib bo‘ldi.

— “Andijon” jamoasi standart vaziyatlardan yaxshi foydalana olishini bilardik, dedingiz. Bu aniq fakt edi, shunga yarasha mashg‘ulotlarda shunday vaziyatlarga alohida e’tibor qaratilganmidi?
— Siz qanday hujum qilishni yoki qanday to‘g‘ri himoyalanish ustida ishlashingiz mumkin, ammo raqib jamoaning standart vaziyatidan qanday  foydalanishini bilmaysiz va shu sababli bu jihat ustida ishlay olmaysiz. “Andijon” bu jabhada ustunlikka ega ekanligini bilardik. Biz kurashlarda mag‘lub bo‘ldik va shu sababli, o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Bu esa raqib futbolchilari boshi bilan yaxshiroq o‘ynay olishiga isbot. Mashg‘ulotlarda buning ustida ishlash ilojsiz.

— Jamoangizga bugun hisobni ushlab qola olishi uchun nima yetishmadi? “Navbahor” hisobda oldinda borayotgan vaqtda “Andijon” hech nima yarata olmayotgandi...
— E’tibor va konsentrasiya. Raqibning har bir urgan goli qandaydir xato sababli yuzaga keldi. Andijonliklarning birinchi goliga e’tibor bering, mingta holatdan bor-yo‘g‘i bir marotaba bunday gol urilishi mumkin. Bugungi o‘yin ssenariysi guyo osmonlarda hal etib bo‘lingandek. Ikkinchi va uchinchi o‘tkazib yuborgan to‘plarimiz esa, himoyadagi qo‘pol xatolardan keyin yuzaga keldi. Futbolchilar raqib o‘yinchilarini personal qo‘riqlay olishmadi.

— “So‘g‘diyona”ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin har bir mashg‘ulotlarda jamoangiz penaltilar seriyasini mashq qilishdi. Bu alohida reja edimi?
— Bu tabiiy hol. Har bir jamoa bunday amaliyotga qo‘l uradi. Finallarda durang bo‘lmaydi va shu sababli har bir jamoa maksimal tayyorgarlik ko‘radi.

— “Navbahor” jamoasi namoyish etgan o‘yindan bosh murabbiy sifatida qanchalik qoniqdingiz?
— To‘qson to‘qqiz foiz ko‘nglim to‘ldi. Yigitlar bugun barchasini to‘g‘ri bajarishdi. “Andijon” biz uchun eng noqulay raqiblardan biri edi. Bizda yetarlicha muammolar bor edi, himoya chizig‘imizda katta muammolar bor. Biz barchasi kamchiliklarimizni berkitishga harakat qildik. Bugun Bubanya va Mamatkazinlar bizning markaziy himoyachilarimizdan yaxshiroq o‘ynashdi. Futbolchilarimga hech qanday e’tirozim yo‘q, ular barchasini to‘g‘ri bajarishdi, ammo bugungi natija osmonlarda hal etilgandek. Omad kimgadir kulib boqishi kerak edi. Omad bugun raqib tomonda bo‘ldi.

— “Andijon” jamoasi havodagi to‘p uchun kurashlarda juda yaxshi o‘ynay olishidan barcha xabardor. Shunday jamoaga qarshi bo‘yi past darvozabonni maydonga tushirish qanchalik to‘g‘ri qaror bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?
— Sanjar Quvvatov bugun juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Suyunovning bo‘yi balandroq va uni bugun maydonga tushirsak yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi demoqchisiz, ammo o‘tkazib yuborgan gollarimizda darvozabonning aybi yo‘q. Men yana bir bor takrorlayman, raqib hujumchilariga qarshi personal o‘ynashi kerak bo‘lgan futbolchilarimiz e’tiborliroq bo‘lishlari kerak edi.

— Superligadagi “So‘g‘diyona”dan, mana bugun esa “Andijon”dan uchralgan mag‘lubiyatlardan keyin jamoa rahbariyati sizga ishonishda davom etadimi?
— Bu savolni rahbariyatga berasiz. Meni jamoaga yordam berish uchun chaqirishdi va men keldim. Ketishim kerakligi haqida aytishsa, ketaman.

— Bugun murabbiy sifatida Xomyakovga yutqazdim deb o‘ylaysizmi?
— Kubok finalida mag‘lub bo‘ldik. Finalda ruhiy holat katta ahamiyatga ega. O‘yinni o‘zingiz ko‘rdingiz va futbolni yaxshi tushunasiz. Bugun biz mag‘lub bo‘ldik va juda munosib raqib bizni mag‘lub etdi.

— Murabbiy sifatida o‘z hamkasbingizga mag‘lub bo‘lganingizni tan olasizmi?
— Bunday mayda gaplarga aralashib o‘tirmayman. Biz yosh bola emasmizku. “Navbahor” “Al-Ittihod” va “Al-Hilol” bilan durang o‘ynagandi. Bunday natijalar meni “Al-Ittihod” murabbiyidan yaxshiroq ekanligimni anglatadimi? Bu g‘alati fikr.

— “Navbahor” ikki mavsumdan buyon halqaro maydonsiz qolib ketdi. Bunday yomon natija rahbariyat tomondan e’tibor va moliyaviy yordam kamayib ketishiga olib kelishi mumkinmi?
— Bu savolingizga mening javob berishim noto‘g‘ri. Bunday masalalar bilan rahbariyat shug‘ullanadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:00, 07.10.2024.
O'qildi: 1315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.