Nafaqaga chiqqanidan keyin Andres Inyesta o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Sobiq futbolchi Ispaniyaning yoshlar jamoalarida ish boshlab, asta-sekin top klublarda murabbiy bo‘lmoqchi.
40 yoshli Inyesta faoliyatining asosiy qismini "Barselona"da o‘tkazgan. Keyroq u Yaponiyaning "Vissel Kobe" va BAAning "Emireyts" klublarida o‘ynadi.