O‘zPFL rasmiy telegram-kanali Superligada oy laureatlarini e’lon qilishni boshladi.
Kanaldagi xabarga ko‘ra, "Dinamo" hujumchisi Anvarjon Hojimirzayev sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Samarqandliklar forvardi o‘tgan oyda 3 ta o‘yinda 3 ta gol urdi.