Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Eldor Shomurodov: «Eronga qarshi o‘yin Qirg‘iziston bilan o‘yindan ko‘ra osonroq kechadi»

Eldor Shomurodov: «Eronga qarshi o‘yin Qirg‘iziston bilan o‘yindan ko‘ra osonroq kechadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida Eronga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv oldidan terma jamoa futbolchisi Eldor Shomurodov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun ilk mashg‘ulotlarni boshlaymiz. O‘yinga kam vaqt qoldi. Hamma tayyor.

Katanesning terma jamoaga yordam bera olmasligi, albatta, noxush xabar. Biroq barcha kerakli ko‘rsatmalarni yordamchilari orqali yetkazib turibdi. Murabbiyning nima xohlayotganini barcha futbolchilar yaxshi tushunadi. Shuning uchun ortiqcha qiyinchilik sezilmayapti. O‘ylaymanki, barchasi yaxshi bo‘ladi.

Kerak bo‘lib qolsa, albatta, o‘zi bilan ham bog‘lana olamiz. Lekin hali gaplashganimiz yo‘q.

Eronga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Bizning ustun tomonimiz o‘z uyimizda o‘ynaymiz. Kelayotgan 2 o‘yinda 6 ochko uchun harakat qilamiz. Va bunga kuchimiz yetadi, deb o‘ylayman.

Hali endigina 2 ta tur o‘tdi. Hozir eng muhimi — 3 ochko olish. Jahon Chempionatiga chiqish — asosiy vazifamiz. Shuning uchun birinchi o‘rinmi, ikkinchi o‘rinmi, bizga farqi yo‘q.

Agar to‘g‘ri yondashsak, Eronga qarshi o‘yin Qirg‘iziston bilan o‘yindan ko‘ra osonroq kechadi, deb o‘ylayman. Qirg‘iziston ko‘proq himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi. Eron bilan esa o‘yin umuman boshqacha bo‘ladi.

Eron bilan so‘nggi yillarda juda ko‘p to‘qnash keldik. O‘z o‘yinimizni ko‘rsata olsak, ularning qanday taktikada o‘ynashini farqi yo‘q", — dedi Eldor Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, Eronga qarshi o‘yin 10 oktyabr kuni 19:00 da start oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:47, 08.10.2024.
O'qildi: 2366 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик