Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Superliga. «Paxtakor» - «Dinamo» uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi (video)

Superliga. «Paxtakor» - «Dinamo» uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi (video)

Baho:
+ | -

Joriy yilning 6-oktabr sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 21-turi doirasida «Paxtakor» - «Dinamo» o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuv tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvda jami 4 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. «Paxtakor» - «Dinamo» to‘qnashuvi: mezbonlarning goli.

«Paxtakor» - «Dinamo» uchrashuvining 9-daqiqasida mezbonlar gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bosh hakam Olim To‘ychiboyev VAR bilan muloqotdan so‘ng ofsayd yo‘qligini qayd etdi va golni inobatga oldi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to‘g‘ri qilgan. Boisi, ofsayd bor-yo‘qligini aniqlovchi chiziq texnik muammo sabab ishlamagan. VARda yetarli isbot bo‘lmagani uchun VAR hakami holatga aralasha olmaydi. Ekspert-hakamlar komissiyasi bosh va VAR hakamning qarorini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo birinchi yordamchi hakamni xato qilgan, deb hisoblaydi.

2-vaziyat. «Paxtakor» - «Dinamo» to‘qnashuvi: mezbonlarning goli.

«Paxtakor» - «Dinamo» uchrashuvining 33-daqiqasida mezbonlar o‘zining ikkinchi golini urdi. Bosh hakam Olim To‘ychiboyev mazkur holatni monitor orqali ko‘rgach, fol qayd etdi va golni bekor qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi to‘pni darvozaga kiritish uchun raqibiga nisbatan qo‘lini ishlatgan holda o‘yin qoidasini buzgan va gol urgan. Aynan shu kabi vaziyatlarda VAR holatga aralashishi kerak va VAR hakami to‘g‘ri qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

3-vaziyat. «Paxtakor» - «Dinamo» qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

«Paxtakor» - «Dinamo» uchrashuvining 41-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi va shu holatda to‘p mehmonlarning 4-raqamli futbolchisiga tegib, o‘yinga qaytdi. Bosh hakam Olim To‘ychiboyev to‘p qo‘lga tekkanini qayd etdi va nuqtaga ishora qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda qo‘l notabiiy turibdi va uzatmadan so‘ng himoyachi to‘pga nisbatan qo‘li bilan harakat qilgan. 11 metrlik jarima zarbasi uchun yetarli asos mavjud. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori to‘g‘ri, deb hisoblandi.

4-vaziyat: «Paxtakor» - «Dinamo» o‘yini: bahsli penalti.

«Paxtakor» - «Dinamo» uchrashuvining 70-daqiqasida mezbonlarning 22-raqamli a’zosi raqib jarima maydoniga yorib kirdi, so‘ng sheriklari tomon uzatma amalga oshirdi. Ayni shu paytda to‘p himoyachiga tegib, maydon tashqarisiga chiqdi. Bosh hakam Olim To‘ychiboyev bu vaziyatda to‘p qo‘lga tekkanini ma’lum qildi va nuqtaga ishora qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda qo‘l notabiiy turibdi va uzatmadan so‘ng himoyachi to‘pga nisbatan qo‘li bilan harakat qilgan. 11 metrlik jarima zarbasi uchun yetarli asos mavjud. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori to‘g‘ri, deb hisoblandi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 21:55, 08.10.2024.
O'qildi: 3464 marta.
Fikrlar: 52 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.