"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne kelasi yozda Saudiya Arabistoniga o‘tishi mumkin. 33 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Goal nashrining xabar berishicha, "An-Nasr" belgiyalik futbolchini haftasiga 1 million funt sterling (deyarli 1,2 million yevro) maosh taklif qilib, o‘z safiga jalb qilmoqchi.
Yulduz yarim himoyachi uchun MLSning "San-Diyego" klubi ham da’vogarlik qilmoqda, biroq “An-Nasr” “shaharliklar” yetakchisi uchun bahsda g‘alaba qozonishiga ishonmoqda.