Londonning "Chelsi" klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya futboldagi o‘yinlar sonini qisqartirish tarafdori bo‘lgan yana bir futbolchi bo‘ldi.
"O‘yinlar soni juda ko‘p. Biz robot emasmiz. Bu qanchalik tez-tez jarohatlarga olib kelishini ko‘ryapmiz. Karvaxal, Rodri... Bu yomon", - dedi Yevropa chempioni COPE nashriga bergan intervyusida.
Shanba kuni Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasidagi Daniyani qabul qiladi.