Himoyachi Trent Aleksandr-Arnold kelasi yozda “Liverpul”ni tark etishi mumkin. Futbolchining "Enfild"dagi amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
TodoFichajes portalining o‘z sahifalarida xabar berishicha, “Liverpul” Aleksandr-Arnold o‘rniga “Inter”dan Denzel Dyumfrisni tanlagan.
Milan klubi hali niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilganini tasdiqlamadi, ya’ni u kelasi yozda tekinga imzolanishi mumkin.