Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorovning jamoalari nufuzli turnir finaliga chiqishdi

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorovning jamoalari nufuzli turnir finaliga chiqishdi

Baho:
+ | -

London shahrida jamoalar o‘rtasida Global Chess League-2024 musobaqasining asosiy bahslari o‘z yakuniga yetdi. Turnirda har birida olti nafar shaxmatchidan iborat 6 ta jamoa ishtirok etdi.

10 ta turdan keyin tarkibida Nodirbek Abdusattorov bo‘lgan «PBG Alaskan Knights» jamoasi 1-o‘rinni, tarkibida Javohir Sindorov bo‘lgan «Triveni Continental Kings» jamoasi esa 2-o‘rinni egalladi hamda ertaga ushbu ikki jamoa finalda o‘zaro kuch sinashadi.

Nodirbekning jamoasi muddatidan oldin finalni naqd qilgan edi. Bugungi muhim bahsda Javohirning jamoasi final yo‘llanmasi uchun Magnus Karlsen sardorligidagi jamoani mag‘lub etdi. Jamoasi yutqazayotgan paytda hal qiluvchi g‘alabani aynan Javohir qo‘lga kiritdi va jamoasini finalga olib chiqdi.

Final bahsi ertaga bo‘lib o‘tadi va 2 ta o‘yindan iborat bo‘ladi. Nodirbek Abdusattorov 2-taxtada Vey Yi bilan, Javohir Sindorov esa 6-taxtada Nihal Sarin bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun: turnir chempioni bo‘lgan jamoaga 500 ming AQSH dollari (6 shaxmatchi + murabbiy), 2-o‘rinni olgan jamoaga 250 ming dollar mukofot beriladi. Demak, Nodirbek va Javohir jamoalari allaqachon 250 ming dollarni naqd qilib bo‘lishdi, ertaga qaysidir jamoa yarim million dollar olishi mumkin.

Manba: @xushnudbek
Kiritildi: 23:08, 11.10.2024.
O'qildi: 2782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.