Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Javohir Sindorov jamoasi bilan 1 million dollarlik turnirda g‘alaba qozondi

Javohir Sindorov jamoasi bilan 1 million dollarlik turnirda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Shaxmat bo‘yicha Global Chess League 2024 musobaqasi yakuniga yetdi.

3—12 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan turnirda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatnashdi. Ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov turli jamoalarda qatnashdi va yakunda tarkibida Javohir Sindorov bo‘lgan Triveni Continental Kings jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 10 tur davom etgan bahslardan so‘ng ikki jamoa finalga yo‘l oldi.

Qiziqarlisi, Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov jamoalari finalda o‘zaro to‘qnashdi. Dastlabki o‘yinda Triveni Continental Kings jamoasi 9-7 hisobida g‘alabaga erishdi. Abdusattorov bu bahsda qora donalarda o‘ynab, Vey Yini mag‘lub etgan bo‘lsa, Sindarov Nihal Sarin bilan durang o‘ynadi.

Ikkinchi bahsda ham Alaskan Knights jamoasi mag‘lubiyatga uchradi — 7-13. Abdusattorov bu safar oq donalarda o‘ynab, Vey Yiga imkoniyatni boy berdi. O‘yin teng bo‘lib turgan paytda hamyurtimiz 79-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Javohir Sindarov esa ikkinchi partiyada ham Sarin bilan durangga imzo chekdi.

Shu tariqa, Nodirbek Abdusattorov jamoasi turnirda ikkinchi o‘rinni egallab 250 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Triveni Continental Kings jamoasi 500 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:29, 12.10.2024.
O'qildi: 3299 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик