Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo 0-1 Navbahor

Ishonish qiyin bo‘lgan faktlar!

Ishonish qiyin bo‘lgan faktlar!

Baho:
+ | -

Futbolda turli voqealar bo‘lib turadi, bugungi ma’lumotlar esa sizni hayron qoldira olsa kerak.

1. Ugo Sanches 1989/90 yilgi mavsumda La Ligada 38 ta gol urdi, bularning barchasini u to‘pga bir teginishda kiritgan.

2. 2016 yilda Krishtianu Ronaldu 3 o‘yindagina mag‘lubiyatga uchragan va 4 ta sovrin yutgan.

3. Neymar Yevropada o‘ynamay turib “Oltin to‘p”ning kuchli 10 taligiga kirgan.

4. Garet Beylning "Tottenxem"ni tark etganidan keyin sovrinsiz birinchi mavsumi uning "Tottenxem"ga qaytgan mavsumi bo‘lgan.

5. Eden Azarning "Chelsi"dagi barcha yetti yilida, belgiyalik gol urganida klub hech qachon o‘z uyida Premyer-liga o‘yinida mag‘lub bo‘lmagan.

6. Jon Terri "Chelsi" safida Premyer-ligada urgan gollari Andres Inyesta "Barselona" uchun La Ligada urgan gollardan ko‘proq.

7. "Chelsi" bir vaqtning o‘zida UEFA Chempionlar Ligasi va UEFA Yevropa Ligasi chempionligini qo‘lga kiritgan tarixdagi yagona jamoadir.

8. "Arsenal" - "Enfild", "Uayt Xart Leyn", "Stemford Bridj", "Old Trafford" va "Xayberi"da Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan yagona klub.

9. "Real Madrid" 1980 yilgi Ispaniya kubogi finalida o‘zining zaxira jamoasini mag‘lub etgan.

10. Gari Lineker faoliyati davomida hech qachon sariq yoki qizil kartochka olmagan.

11. Filipp Lam bir yildan ortiq vaqt davomida qoidabuzarlik qilmagan.

12. Teo Uolkott Chempionlar ligasida Eden Azar, Ronaldu Nazario, Aleksis Sanches va David Vilyadan ko‘proq gol urgan.

13. Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasida hech qachon qizil kartochka olmagan.

14. Mario Balotellining Premer-ligadagi yagona golli uzatmasi Serxio Aguyeroning QPRga urgan goliga bo‘lgan.

15. Zlatan Ibrahimovich va Krishtianu Ronaldu 90 daqiqaning har birida gol urgan ikki futbolchi.

16. Stiv Bryus himoyachi sifatida 1990/91 yilgi mavsumda "Manchester Yunayted" safida barcha musobaqalarda 19 ta gol urgan.

Kiritildi: 15:11, 13.10.2024.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.