Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Sergey Lushchan: "Rahbariyat tomonidan tarkibga mahalliy futbolchilarni jalb etish vazifasi"

Sergey Lushchan: "Rahbariyat tomonidan tarkibga mahalliy futbolchilarni jalb etish vazifasi"

Baho:
+ | -

Superligada 14-turdan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda "Navbahor" jamoasi "Dinamo" bilan kuch sinashdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun g‘alaba qozondik. O‘yindan qoniqdim. G‘alabaga haqli edik va buni uddaladik. Samarqand klubini o‘rgangan edik va markazni yopib tashladik.

"Navbahor" bugun juda sovuqqon ko‘rindi, finalda esa jamoa yonib ketgandek tuyulgan edi.

Biz finalni unutdik v ishlashda davom etamiz.

"Navbahor"da finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng katta o‘zgarishlar bo‘lishi haqida mish-mishlar yuribdi?

Bilasizmi, dunyo mish-mishga to‘la. Bu gap-so‘zlar biz ish boshlayotgan paytda boshlangan. Bizga kubokda finalgacha borish kerakligi haqida aytishgan edi va buni uddaladik. Bugungi uchrashuvda 12 ta mahalliy futbolchi maydonga tushdi va bu o‘zgarishlar boshlanganidan dalolat. Rahbariyat tomondan tarkibni yangilash va 80 foiz mahalliy futbolchilar to‘p surishi kerakligi vazifa qo‘yildi. Bu mish-mish emas. Hozir ko‘plab jamoalar tarkibni yoshartirish bilan shug‘ullanmoqda. Ular kelajakda liderlarga aylanadi degan umidimiz bor. Bugun 4 ta avval hech qayerda ko‘rinmagan futbolchilarga imkon berildi. Iqtidorli yigitlar. Ular berilgan vazifani to‘liq uddaladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:40, 13.10.2024.
O'qildi: 1949 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.