"Real"ning sobiq darvozaboni Keylor Navas sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Chempionlar ligasida juda qiyin o‘yin o‘tkazganimizni eslayman. Tanaffusda Krishtianu menga darvozani daxlsiz saqlashimni aytdi. U maydonga chiqib, ikkita gol urishini va o‘yinda g‘alaba qozonishimizni aytdi. Va biz g‘alaba qozondik", - deya esladi Navas.
Joriy mavsumda 39 yoshli Krishtianu Ronaldu barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.