Braziliyalik himoyachi Kafu dastlab Italiyada "Roma"da o‘ynagan, 2003 yilda esa "Milan"ga ko‘chib o‘tgan va u yerda yana besh yilni o‘tkazgan.
U 2008 yilda klub bilan qanday xayrlashgani, Adriano Galliani uni qo‘yib yuborishni istamagani haqida gapirib berdi.
"2006 yilda Gallianiga 2008 yilda shartnomam tugagach, Braziliyaga qaytishimni aytgandim. 2008 yilning yozida u menga yana bir yillik shartnoma taklif qildi.
Lekin men unga o‘sha suhbatni eslatdim va u bu bilan kelishib, meni qo‘yib yuborishini aytdim. Men uyga qaytmoqchi edim", – dedi Kafu.