Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Akinfeev Fayzullayevning JCH-2026dagi goli haqida hazil qildi

Akinfeev Fayzullayevning JCH-2026dagi goli haqida hazil qildi

Baho:
+ | -

«SSKA» darvozaboni Igor Akinfeev O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevni jahon chempionatlari tarixida bosh bilan gol urgan eng past bo‘yli futbolchi bo‘lgani munosabati bilan tabriklaganini aytdi.

«SSKA»ning sobiq futbolchisi Fayzullayev JCH-2026 guruh bosqichi birinchi turida Kolumbiyaga qarshi o‘yinda (1:3) O‘zbekistonning yagona goliga mualliflik qilgandi. 22 yoshli futbolchi ikkinchi bo‘limda bosh bilan aniq zarba berib, raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning bo‘yi 167 santimetrni tashkil etadi.

— Jahon chempionatida sobiq jamoadoshingiz Fayzullayevning golini ko‘rdingizmi?
— Ha, Abbosbekning qaytgan to‘pdan urgan golini ko‘rdim. Balki bu uning faoliyatidagi eng qiyin goldir (kuladi). Uning uchun juda xursandman. O‘qishimcha, u jahon chempionatlari tarixida bosh bilan gol urgan eng past bo‘yli futbolchiga aylanibdi. Uni tabrikladim, juda xursandman. Bu voqea esda qoladi, — dedi Akinfeev.

23 iyun kuni ikkinchi tur doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 16:00, 21.06.2026.
O'qildi: 6825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик