Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Klopp Turkiya terma jamoasining Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligi sababini aytdi

Klopp Turkiya terma jamoasining Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligi sababini aytdi

Baho:
+ | -

Turkiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘z ustidagi kuchli ruhiy bosimni yengib o‘ta olmadi. «Borussiya Dortmund» va «Liverpul» klublarining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp shunday fikr bildirdi.

Germaniyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, turk futbolchilarini g‘alabaga bo‘lgan xohishning kamligida yoki maydonda bor kuchini bermaganida ayblab bo‘lmaydi.

«Bosim juda haybatli edi va ular buni ko‘tara olishmadi. Ular g‘alaba qozonishni shu qadar qattiq istashdiki, natijada himoya va hujum o‘rtasidagi muvozanatni butunlay unutib qo‘yishdi», — deya Kloppning so‘zlarini keltiradi «Magenta TV».

Uning qo‘shimcha qilishicha, aynan ruhiy muammolar Vinchenso Montella jamoasiga o‘z o‘yinini topib olishiga xalaqit bergan.

Eslatib o‘tamiz, turklar guruh bosqichi startidagi ikkita o‘yinda ketma-ket mag‘lubiyatga uchrashdi. Eng achinarlisi, ular raqiblar darvozasi tomon jami 62 ta zarba yo‘llab, birorta ham gol ura olishmadi. Turkiya terma jamoasi guruhdagi navbatdagi o‘yinini 26 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da AQSHga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:14, 21.06.2026.
O'qildi: 4611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик