Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Olise Myunxenning «Bavariya» klubi rahbariyatiga na o‘zi, na uning vakillari Madridning «Real» klubi bilan transfer bo‘yicha muzokara o‘tkazmaganini ma’lum qildi.
Bundan oldinroq, «qaymoqranglilar» ham o‘z tomonidan rasmiy bayonot bilan chiqib, OAVni ushbu futbolchining ehtimoliy transferi atrofida turli uydirma va mish-mishlarni tarqatishni to‘xtatishga chaqirgan edi.
Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, Olise bu mavzuda hech kim bilan hech qanday uchrashuv yoki yashirin suhbatlar o‘tkazmagan.
Matbuotda tarqalgan norasmiy xabarlarga ko‘ra, «Real Madrid» fransiyalik yulduz uchun «Bavariya»ga 150 million yevrolik dahshatli mablag‘ taklif qilgan. Kishini hayratga soladigan tomoni shundaki, 24 yoshli futbolchining Transfermarkt portalidagi ayni paytdagi rasmiy bozor qiymati ham aynan mana shu summani tashkil etadi.













