Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya 0-0 Eron
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

«Real»ning Olise bo‘yicha rasmiy bayonot berishi sababi ma’lum bo‘ldi

«Real»ning Olise bo‘yicha rasmiy bayonot berishi sababi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Avvalroq Madridning «Real» klubi «Bavariya» yarim himoyachisi Maykl Olisega bo‘layotgan ehtimoliy qiziqishlar fonida rasmiy bayonot bilan chiqqan edi. Ma’lum qilinishicha, Ispaniya grandi FIFAning transfer qoidalarini buzmaslik maqsadida fransiyalik futbolchi bilan bevosita yoki bilvosita hech qanday aloqaga chiqmaganini rasman e’lon qilgan.

Olisening Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. FIFA reglamentiga ko‘ra, agar futbolchining amaldagi shartnomasi mavjud bo‘lsa, da’vogar klub ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlashdan oldin uning hozirgi jamoasini yozma ravishda ogohlantirishi shart.

Shuningdek, tashkilot qoidalariga ko‘ra, futbolchi faqat joriy shartnomasi tugashiga 6 oydan kam vaqt qolgan taqdirdagina boshqa klub bilan dastlabki kelishuvga imzo chekishi mumkin. Ushbu me’yorlarni buzish esa intizomiy jazo choralariga sabab bo‘ladi.

Ayni damda Olise Fransiya terma jamoasi safida JCH-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda. Didye Desham qo‘l ostidagi «uch ranglilar» bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 13:38, 21.06.2026.
O'qildi: 2672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик