Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida yana bir FIFA mutaxassisi ish boshlaydi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida yana bir FIFA mutaxassisi ish boshlaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FAda “FIFA Iqtidorli murabbiylari” loyihasi doirasida yurtimizda doimiy tarzda faoliyat olib boruvchi mutaxassisni tayinlash masalasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov, bosh kotib Avaz Maksumov, O‘FA texnik direktori Gi Kiala, FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon va “FIFA Iqtidorli murabbiylari” loyihasi mutaxassisi Lars Hopplar ishtirok etishdi.

Ushbu loyiha doirasida doimiy faoliyat olib boruvchi mutaxassisning oldiga qo‘yiladigan vazifalar eshittirildi.

Xususan, hududiy futbol akademiyalarini doimiy qo‘llab-quvvatlab borishi, iqtidorlarni rivojlantirish sxemasini ishlab chiqishi, "skauting" faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda murabbiylar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish kabi yo‘nalishlarni nazorat qiladi.

Ushbu muhim vazifalarni sifatli nazorat qila oladigan nomzod FIFA tomonidan tavsiya etiladi.

“FIFA Iqtidorli murabbiylari” loyihasi koordinatori bevosita “Milliy futbol markazi” da faoliyat olib borishi rejalashtirilgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek futbolida ilk bor FIFA mutaxassislari doimiy asosda yurtimizda ish olib borishi, xalqaro tajribani tatbiq etishi futbolimiz rivoji yo‘lida tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:30, 16.10.2024.
O'qildi: 2209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.