Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Denis Korostichenko: «Bizga «g‘alaba kayfiyati» yetishmayotgandi. Bugungi g‘alaba bizga ko‘proq kuch va ishonch beradi»

Denis Korostichenko: «Bizga «g‘alaba kayfiyati» yetishmayotgandi. Bugungi g‘alaba bizga ko‘proq kuch va ishonch beradi»

Baho:
+ | -

Superliga 21-turidan o‘rin olgan «Olimpik» — «Qizilqum» (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz bu g‘alabaga qadar ko‘p mehnat qilgandik. Birinchi navbatda o‘zimizning o‘yin taktikamizdan voz kechdik. Biroz taktik o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Bunga sabab musobaqa jadvalida egallab turgan o‘rnimiz edi. Hozir bizga ochkolar juda kerak. Rejamiz bugun amalga oshdi.

— «Olimpik» ikkinchi davradagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bugungi g‘alaba uch ochkodan tashqari yana jamoangizga qandaydir foyda olib kelishi mumkinmi? Masalan, tarkibdagi futbolchilarning barchasi yosh, ular bugungi g‘alabadan ruhlanib keyingi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq o‘ynashlari mumkin.

— Birinchi navbatda bu bizning kayfiyatimizga ta’sir o‘tkazadi. Har bir uch ochko — qo‘shimcha ijobiy emosiyalar. Biz ikkinchi davrda boshida ham sifatli o‘yin namoyish etayotgandik, ammo g‘alaba qozonmadik. Bizga «g‘alaba kayfiyati» yetishmayotgandi. Bugungi g‘alaba bizga ko‘proq kuch va ishonch beradi. Keyingi o‘yinlarimizga yaxshi ta’sir o‘tkazadi. Musobaqa jadvalida egallab turgan o‘rnimiz bugun ko‘proq natija uchun o‘ynashga majbur qildi. Biz Superligada qolishni maqsad qilganmiz.

— Bugun qo‘lga kiritilgan uch ochko tufayli jamoangiz musobaqa jadvalidagi zich joylashgan «Andijon», «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Qizilqum»lardan o‘tib ketdi. Bugun qo‘lga kiritilgan uch ochko jon saqlab qolish uchun yetarli bo‘ladimi?

— «Qizilqum» bilan musobaqa jadvalida ham yonma-yon edik. Shu sababli bugungi bahs katta ahamiyatga ega edi. Keyingi turdagi raqibimiz «Andijon» ham musobaqa jadvalining quyi pog‘onalarida bormoqda. Bu to‘qnashuvdagi ochkolar ham juda qadrli bo‘ladi. Albatta, bitta g‘alabaning o‘zi yetishmaydi, ammo bugungi g‘alaba tufayli vazifamizni osonlashtirib oldik. Endi bizga biroz osonroq. Oldindagi beshta uchrashuvda maksimal ochko to‘plashga harakat qilamiz.

— «Olimpik» futbolchilar ayrim vaziyatlarda to‘pni o‘zida ko‘p ushlab yuborayotgandek ko‘rindi. Masalan, Abdullajonov gol urgan vaziyatda ham dribling ishlatdi. Futbolchilaringiz ko‘proq to‘pni ushlab yubormayaptimi?

— Bo‘lishi mumkin. Bunga sabab har bir futbolchi nimaga qodir ekanligini biladi. Futbolchilar hali yosh va shu sababli raqibni aldab o‘ta olaman yoki chiroyliroq o‘ynay olaman deb o‘ylashadi, lekin katta futbolda oddiyroq qaror qabul qilish ko‘proq foyda keltiradi. Oddiy pas orqali o‘ynash tezroq foyda keltirishi mumkin. Bularning barchasini o‘rganib chiqamiz va bu ustida ishlaymiz.

— Keyingi raqib «Andijon» ham ko‘proq ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynashni yoqtiradi. Andijonliklar asosan qarshi hujum orqali o‘ynashlari hech kimga sir emas. Keyingi turda «Olimpik» bunday noqulay raqibga qarshi qanday uslubda o‘ynashi mumkin?

— Oldindan bir narsa deyish qiyin. «Andijon» kecha «Metallurg» bilan o‘ynadi. Ushbu o‘yinni ko‘rib chiqishim va tahlil qilishim kerak. Keyin esa bir xulosaga kelishimiz mumkin.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 21:53, 20.10.2024.
O'qildi: 617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.